21:55 / 07.08.2017
7 990

Shavkat To‘laganov Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Shavkat To‘laganov Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Shavkat To‘laganov O‘zbekiston Prezidenti Davlat maslahatchisining ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi. Bugun, 7 avgust kuni Shavkat Mirziyoyev mazkur farmonni imzoladi.

Shuningdek, ushbu farmon bilan Shavkat To‘laganov avval egallab turgan lavozimi - O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri o‘rinbosari vazifasidan ozod etildi.

Yangi lavozimiga ko‘ra uning zimmasiga erkin iqtisodiy hamda kichik sanoat hududlarini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha majburiyatlar yuklatilgan.


Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat To‘laganov Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi