Samarqand shahridagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan birida tarbiyachining yordamchisi bolalarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘layotgani aks etgan videoyozuvlar "Daryo" tahririyatiga taqdim etildi.
Videoyozuv 25 iyul kuni shahar vokzali yaqinidagi 64-maktabgacha ta’lim muassasasida olingan. Videoda tarbiyachining yordamchisi bolalarga muzqaymoq va tarvuz tarqatish davomida ularga qo‘l ko‘tarayotgani aks etgan.
Videoyozuvni taqdim etgan fuqaroning ma’lum qilishicha, 7 avgust kuni jiyanini bog‘chadan olib ketish uchun borganida, tarbiyachining yordamchisi polda cho‘zilib uxlab yotgan va alkogol ichimlik ta’sirida bo‘lgan.
Fuqaro bir kun o‘tib ushbu holat yuzasidan bog‘cha mudirasiga shikoyat qilgan. Tarbiyachining yordamchisi ham, bog‘cha mudirasi ham fuqaroning shikoyatida keltirilgan da’volarni rad etgan.
"18 avgust kuni jiyanimni boshqa bog‘chaga o‘tkazdik. Bog‘chaga borgisi kelmaydigan bola endi o‘zi xohlab bog‘chaga ketyapti. Eski bog‘chasidagi tarbiyachilarning munosabati yaxshi emasligini shundan ham bilsa bo‘ladi", — deydi fuqaro.
Avvalroq Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan birida tarbiyachilarning bolalarga qo‘l ko‘tarayotgani aks etgan videoyozuvlar internetda tarqalgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi