Londondagi Vestminster sudi Cage huquqni himoya qilish guruhi direktorini terrorchilikka qarshi qonunchilikni buzishda aybdor deb topdi. U mobil telefonini ochish uchun maxfiy so‘zni berishdan bosh tortgan. Bu haqda «Telegraph» gazetasiga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.
Muhammad Rabboniy Londonning Hitrou aeroportida 2016 yilning 20 noyabr kuni qo‘lga olingan. Erkak politsiyaga o‘z mobil telefonini ochish uchun maxfiy so‘zni taqdim etishdan bosh tortdi.
Dushanba kuni esa Londondagi Vestminster sudi Rabboniyni qo‘lga olish va terrorizm bilan qonunga muvofiq tintuv o‘tkazishga atayin qarshilik qilishda aybdor deb tan oldi.
Rabboniyning ma’lum qilishicha, uning qurilmasida maxfiy ma’lumot bo‘lib, uni politsiyaga berish “shaxsiy va professional sirlarini” ochib beradi. Uning qo‘shimcha qilishicha, qo‘lga olish davomida undan bu ma’lumotni taqdim etish so‘ralmagan.
Sud Rabboniyni shartli ravishda ozod etdi hamda unga 840 dollar miqdoridagi xarajatlarni to‘lab berish majburiyatini yukladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi
O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi
Nazarboyevning kuyovi Londondagi qasrini 43,4 mln dollarga sotdi
Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi?
Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi
Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin