Universitet talabasi ingliz tili fanidan imtihondan o‘ta olmagan hamda buni uyidagilardan berkitib kelgan va bu sir “oshkor” bo‘lgach, o‘zini osgan degan taxminlar aytilmoqda.
“UzNews.uz” ning xabariga ko‘ra, talaba 2 kursda o‘qishga qatnab yurgani aytildi. Lekin, u 1-kursdagi ingliz tili fanidan yakuniy nazorat imtihonidan o‘ta olmagan. Bu esa uning Universitetdan “haydalishi”ga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan “holat” deb qaralgan.
Talaba imtihondan o‘ta olmaganligini uydagilarga aytmasdan, ulardan “berkitib” kelgan. Uning bu “siri” oshkor bo‘lgach, kuchli hayajon ostida o‘zini osib qo‘yganligi ta’kidlanmoqda.
Bu holat Universitetdagi barcha talabalarga kuchli salbiy ta’sir o‘tkazgani qo‘shimcha qilindi. Bundan tashqari, bu xabar marhum talabani taniganlar va Universitetning qolgan talabalariga ham o‘ta kuchli ta’sir qilgani, Universitet o‘qituvchisi tomonidan ma’lum qilindi.
Shuningdek, bu voqea ortidan marhumning onasi ham bu ish yuzasidan tergov ishlarini olib borayotgan huquqni muhofaza qilish xodimi ham Universitetga tashrif buyurib, voqealarni o‘rgangan.
Universitet rahbariyati xizmat safari bilan Ukraina davlatida bo‘lganligi sababli bu haqda to‘liqroq ma’lumot olish imkoni bo‘lmadi. “UzNews.uz” bu borada jurnalistik surishtiruvni davom ettiradi va voqeani batafsil yoritib boradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi