IIB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi va Xorazm viloyati prokuraturasi xodimlari soliq xodimini pora olayotgan vaqtida qo‘lga oldi, deb xabar berdi «Uznews».
Bog‘ot tumanida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan Q.X. soliq tizimida o‘ziga ishonib topshirilgan mansab vakolatidan foydalangan holda moddiy boylik orttirishni rejalashtirib oldi.
U o‘zining yoniga biror joyga ishga kirishida yordam so‘rab kelgan tanishiga bajonidil yordam berishini bildirib, «ozgina xarajati» borligini suhbat orasida eslatib o‘tadi.
2018 yilning 5 iyun kuni Xorazm viloyati IIB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi va viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, o‘zi talab qilgan 1000 AQSh dollarini olayotgan Q.X. jinoyat ustida qo‘lga olindi.
Xorazm viloyati IIB xodimi podpolkovnik Z.Ismoilovning xabar berishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) va 28-211-moddasi 1-qismi (pora berishga dalolatchilik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi