Toshkentda isitish mavsumi 16 oktyabrdan boshlanadi. Bu haqdagi qaror Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev tomonidan imzolangan.
Xabar berishlaricha, 16 oktyabrdan bolalar bog‘chalari, ta’lim va tibbiyot muassasalarini, 19 oktyabrdan esa turar joy binolarini isitish boshlanadi.
Tuman hokimliklarining tegishli xizmatlariga va uy-joy mulkdorlari shirkatlariga isitish mavsumini sifatli o‘tkazish to‘g‘risida ko‘rsatma berilgan.
«Gazeta.uz»ning eslatishicha, 2017 yili Toshkentda isitish mavsumi ijtimoiy ob’ektlarda 10 noyabrdan, turar joy binolarida esa 12 noyabrdan boshlangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Aleksandr Lukashenko Belarus Qurolli kuchlari Bosh shtabi raisini lavozimidan chetlatdi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”