Zoyir Mirzayev Sharof Rashidov tumaniga hokim bo‘ldi

  • 7-11-2018, 21:58
  • 1 194
  • Jamiyat
  • Zoyir Mirzayev Sharof Rashidov tumaniga hokim bo‘ldi
    Zoyir Mirzayev Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Turon24 nashri xabar berdi.

    7 noyabr kuni Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ushbu qaror qabul qilindi.

    Eslatib o‘tamiz, 29 oktyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir o‘rinbosari Zoyir Mirzayevni egallab turgan lavozimidan ozod etgan edi. U g‘alla ekish va sug‘orish ishlarini tashkil etish jarayonida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani bois ishdan olingan edi.

    Zoyir Mirzayev oldin Jomboy tuman hokimi, Samarqand shahar va viloyat hokimi lavozimlarda ishlagan. U 2016 yilning dekabrida Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, keyin esa qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tayinlangan edi.

    » » Zoyir Mirzayev Sharof Rashidov tumaniga hokim bo‘ldi