O‘zbekistonda "YouTube" videoxostingi faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarga “O‘zbektelekom”ning aloqasi yo‘q. Bu haqda kompaniya murojaatlar bo‘limi xodimi Bobur Abdullayev O‘zAga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Agentlikdan xabar berishlaricha, "YouTube" bilan bog‘liq muammolar yuzasidan O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidan aniq ma’lumot va izoh olib bo‘lmagan.
“O‘zbektelekom” kompaniyasi murojaatlar bo‘limi xodimi Bobur Abdullayev esa "YouTube"ning ishlamasligida “O‘zbektelekom” aybdor emasligi, tarmoqda muammo yo‘qligini aytib o‘tgan.
“Foydalanuvchilar eng ko‘p internet trafigini "YouTube"dan foydalanish uchun sarflaydi. Shu bois uning yaxshi ishlashi bizga foyda keltiradi. Qolaversa, kompaniyamiz videoxosting ishiga ta’sir ko‘rsatish uchun rasmiy huquqqa ega emas”, deb aytgan Bobur Abdullayev.
O‘zbekiston "YouTube" videoxostingi sahifalarining yuklanishi, beqaror ishlashi bilan bog‘liq muammo oktyabr oyidan beri kuzatilmoqda. O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Olimjon Umarovning so‘zlariga ko‘ra, bu muammolar noyabr oyi oxirigacha davom etishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi