O‘zbekistonda ekoturizmni tashkil qilish uchun suv omborlari ochiladi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.
Bunda gap Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Andijon, Jizzax, Surxondaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari haqida bormoqda. Jami 18 ta suvda dam olish zonalarini tashkil qilish rejalashtirilmoqda.
Nizomga muvofiq, yuridik va jismoniy shaxslar yer maydonlarini elektron auksion orqali uzoq muddatli ijaraga olishi mumkin.
Avvalroq Fransiyaning turizm va rekreatsion zonalar yaratish sohasida faoliyat yurituvchi yetakchi kompaniyalarini «Chorvoq» erkin turistik zonasini yaratish doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarga jalb qilish masalalarini muhokama qilingan edi. Fransiyaning turizm sohasidagi Orex Loisirs, Compagnie des Alpes, Geode, Egis, Epode va Patriarche kompaniyalaridan iborat konsorsiumi 21 noyabr Fransiya elchisi ishtirokida Toshkent viloyati hokimiyati bilan bitim imzoladi. Mazkur bitim Fransiya hukumati tomonidan «Chorvoq» erkin sayyohlik zonasini loyihalashtirish bo‘yicha mablag‘ ajratilganidan so‘ng imzolandi. Konsorsium ishchi guruhi hududni dastlabki o‘rganish ishlarini boshladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi