Andijon viloti Andijon tuman Mudofaa ishlari bo‘yicha doimiy chaqiruv komissiyasining katta shifokori Sanobar Latipova (ismlar-shariflar o‘zgartirilgan) viloyat Mudofaa ishlari bo‘yicha chaqiruv komissiyasining shifokori Ahmadjon Sobirov bilan hamkorlikda o‘zaro til biriktirib, pora bilan qo‘lga tushdi, deb xabar bermoqda "Xalq so‘zi" nashri.
Kelishuvga binoan salomatligi sabab harbiy xizmatga noloyiq deb topilgan yigitlarga “yordam” berishmoqchi bo‘lishdi. Buning uchun “soqqasini” cho‘zsa bas.
Odamlar bilan muloqot qilishga usta bo‘lib ketgan shifokor ayol zudlik bilan ishga kirishdi. Natijada ikki yigitning ota-onasi bilan bog‘lanib, 300 AQSh dollari evaziga muammoni hal qilib berishi mumkinligini aytdi. Shu tariqa ikki nafar fuqarodan 600 AQSh dollarini undirdi. 300 dollarni o‘z ehtiyoji uchun olib qo‘ygan Sanobarxon Latipova pulning qolgan qismini shifokor Ahmadjon Sobirovga pora sifatida berayotgan paytida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olindilar.
- Afsusdaman, - deydi shifokor Ahmadjon Latipov. – Qilmishimdan pushaymonman. Bu hodisa takrorlanmaydi.
Shifokorning nafaqat, egnidagi xalati, balki ko‘ngli ham oq bo‘lishi kerak. Aks holda uning qadr-qimmati, sha’niga dog‘ tushadi, salbiy harakatlari tufayli boshqalar aziyat chekishda davom etaveradilar. Qolaversa, oq xalatga tushgan dog‘ni yuvsa bo‘ladi, biroq sha’nga tushgan dog‘ tamg‘adek muhrlanib qoladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Aleksandr Lukashenko Belarus Qurolli kuchlari Bosh shtabi raisini lavozimidan chetlatdi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”