O‘zbekistonda xalqni qiynayotgan tashkilotlar qaysi?

  • 20 aprel 2019, 17:05
  • 1 517
  • Jamiyat
  • O‘zbekistonda xalqni qiynayotgan tashkilotlar qaysi?
    Foto: «Xalq so‘zi Online»
    O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga joriy yilning birinchi choragida iste’molchilardan jami 2645 ta murojaatlar kelib tushgan, deb yozadi «Xalq so‘zi Online».

    Mazkur ariza va shikoyatlarning 2336 tasi ya’ni, 88,3 % ijobiy hal etilishi natijasida iste’molchilar foydasiga jami 1 783 698 838 (bir milliard yetti yuz sakson uch million olti yuz to‘qson sakkiz ming sakkiz yuz o‘ttiz sakkiz) so‘m yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berildi. Federatsiyaga iste’molchilardan tushgan 10 ta murojaat asosida iste’molchilarning manfaatlarini ko‘zlab sud organlariga da’vo arizalari kiritilishi va ijobiy hal etilishi natijasida 10 693 913 (o‘n million olti yuz to‘qson uch ming to‘qqiz yuz o‘n uch) so‘m moddiy va ma’naviy zararlar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.

    Federatsiya va uning hududiy bo‘linmalariga fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlar sohalar kesimida tahlil qilinganda, iste’molchilardan kelib tushgan murojaatlarning 694 tasi (26,2%) savdo sohasiga, 361 tasi (13,6%) gaz ta’minoti sohasiga, 471 tasi (17,8%) elektr ta’minoti sohasiga, 206 tasi (7,8%) suv ta’minoti sohasiga, 111 tasi (4,2%) kommunal xizmat sohasiga, 40 tasi (1,5%) sog‘liqni saqlash sohasiga,

    146 tasi (5,5%) xizmat ko‘rsatish (servis) sohasiga, 79 tasi (3,0%) transport sohasiga, 94 tasi (3,6%) aloqa (va internet) sohasiga, 219 tasi (8,3%) esa boshqa sohalarga to‘g‘ri kelishini ko‘rishimiz mumkin.

    Federatsiya tizimida tashkil etilgan «Iste’molchi bilan muloqot» huquqiy maslahatxonalariga fuqarolardan jami 2148 ta huquqiy maslahatlar so‘rab murojaatlar kelib tushgan va ushbu murojaatlarning 1053 tasi bo‘yicha fuqarolarga qonun talablari yuzasidan tushuntirishlar, 129 ta murojaat yuzasidan davlat va nazorat qiluvchi organlarga, 26 ta murojaat yuzasidan esa sud organlariga murojaat qilish takliflari berildi.

    Фикрлар

    » » O‘zbekistonda xalqni qiynayotgan tashkilotlar qaysi?