07:36 / 06.08.2019
8 076

Karim Bahriyev: "Hech qachon ikkita Islom Karimov bo‘lmagan"

Karim Bahriyev: "Hech qachon ikkita Islom Karimov bo‘lmagan"
Foto: Karim Bahriyev fotoarxivi
Hozir ikkita Islom Karimov bo‘lganligi — go‘yoki u 1989 yildan 1994 yilgacha yaxshi, ochiqko‘ngil bo‘lib, ko‘p ishlaganligi va yaxshi ishlarni bajarganligi, 1995 yildan so‘nggi kunlargacha esa korrupsiyalashib, diktatorga aylanganligi haqida yozish tendensiyasi paydo bo‘ldi. Bu haqda shoir va jurnalist Karim Bahriyev Nozim Safariga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Bahriyevga ko‘ra, bu farazlar yashashga haqli. Karimovni tanqid qiluvchilar borligida u anchayin sinchkov ishlardi, bu uning o‘zi uchun ham, butun jamiyat uchun ham foydali edi. U o‘ziga raqobatchi deb bilganlarni birma bir yo‘q qilib bordi, natijada yakkahokim hukmdorga aylandi.

— Men o‘ylaymanki, avvaldanoq uning uchun hamma masalada faqat dualizm mavjud bo‘lgan: «oq» va «qora», «o‘ziniki» va «begona», «do‘st» va «dushman». Aslida o‘z farzandini qamoqqa tiqqan va akasining o‘g‘lini ruhiy kasalliklar shifoxonasiga jo‘natib yuborgan odamning do‘stlari bo‘lmaydi. Karimov uchun boshqa ranglar, boshqa fikrlar mavjud emasdi. Uni tanqid qilgan har bir odamni o‘zining dushmani deb bilardi. Uzoq va rejali ravishda o‘sha odamni yo‘q qilib yuborardi. Tanqid qilayotganlar balki yaxshi niyatlarda harakatlanib to‘g‘ri ish tutayotganini o‘ylab ham ko‘rmasdi. U hamma masalada o‘zi va o‘z hokimiyatiga nisbatan raqobatni ko‘rardi, — deydi Karim Bahriyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Karim Bahriyev: "Hech qachon ikkita Islom Karimov bo‘lmagan"