Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari sifati kafolatlanmagan oziq-ovqat va alkogol mahsulotlarini respublikamizga noqonuniy olib kirilishiga doir navbatdagi bojxona qoidabuzarliklarini fosh qilishdi.
Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Keles” temir yo‘l chegara bojxona xodimlari yurtimizga kirib kelgan poyezd yo‘lovchilarining yuklarini belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazishdi.
Natijada fuqarolar S.B., R.R. va J.I. bojxona nazoratidan yashirin tarzda umumiy qiymati 30,2 million so‘mlik 204 kg pishloq, 56 kg sariyog‘, 12 kg qandolatchilik kremi tovarlarinimamlakatimizga olib kirishga uringanliklari aniqlandi.
Shuningdek, mazkur postningo‘zida yana bir poyezd yo‘lovchilari qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, fuqaro M.A. salkam 58 litr alkogol ichimliklarini bojxona nazoratidan yashirincha olib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, jismoniy shaxslarga respublikamizga temir yo‘l o‘tkazish punktlari orqali kirib kelishda 1000 AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi tovarlarni bojsiz olib kirishga ruxsat etiladi. Ammo, bunda bojxona to‘lovlari undirilmaydigan ayrim tovarlarni olib o‘tishning miqdoriy normalariga rioya qilinishi lozim. Unga ko‘ra, jismoniy shaxslar mamlakatimizga alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivoni 2 litrgacha, tamaki mahsulotlarini esa 10 ta qutigacha bojsiz olib kirishlari mumkin.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi