13:18 / 08.10.2019
2 875

Ziyo maskanining ziyoni

Ziyo maskanining ziyoni
Majburiy ijro byurosining Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi xodimlari tomonidan joriy yilning 2 avgust kuni Mirzo Ulug‘bek tumani, Irrigator ko‘chasida joylashgan xususiy korxonalardan birining o‘quv markaziga ijaraga berilgan noturar binosida elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilgan.
Mazkur o‘quv markazida J.P. 2018 yil 13 iyuldan boshlab xususiy korxona rahbari vazifasida ishlab kelgan.

Uyning 1-qavatidan o‘quv markazi tashkil etilgan bo‘lib, binoning yosh bolalarga mo‘ljallangan qismida elektr energiyasini hisobga olish priborisiz hamda binoning kattalar uchun mo‘jjallangan qismida esa elektr hisobga olish priboridan tashqari foydalanib kelayotganligi aniqlanib, huquqbuzarlik oqibatida davlat manfaatlariga 24.519.611,88 so‘m miqdorida modiiy zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat bo‘yicha J.P. harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi JKning 185-2-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud, biroq huquqbuzar tomonidan yetkazilgan moddiy zararni o‘rni to‘liq qoplanganligi sababli jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilinib, tugatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ziyo maskanining ziyoni