23:17 / 12.10.2019
8 525

«Ehtiyot bo‘ling: Oramizda sotqin bor!»

«Ehtiyot bo‘ling: Oramizda sotqin bor!»
Ijtimoiy tarmoqni titkilab o‘tirsangiz ora-orada “Narxozda o‘qiydigan Eshmat domlasi pora olayotganda videoga olib internetga chiqarib yuboribdi, keyin bu materialni internetda tarqatganligi sabab qat’iy ogohlantirilibdi”, “Toshmat ishxonasidagi adolatsizlikni yozgan ekan, maqolasi taqiqlangan saytlarda chiqib, ishdan haydalib ketibdi” qabilidagi turli xabarlarga ko‘zingiz tushadi. Aniq dalilni inkor qilishadi, kamiga esa bu shaxslarni noto‘g‘ri axborot tarqatuvchi sifatida baholab, “hayfsan”, ogohlantirish, jarima kabi “mukofotlar” bilan “siylashadi”.

Biror ta’lim muassasasi yoki tashkilot ichidan qonunga zid holat tushirilgan video, audio yoki rasm keng ommaga “sizdirib” chiqarilsa , ko‘p hollarda o‘sha tashkilot yoki muassasada katta ehtimol bilan telefonlar, noutbuklar tekshiruv komissiyasi o‘z ishini boshlab yuboradi. Hech kim tarqatilgan materialdagi holat ustida bosh qotirmaydi. Hammaning fikr-u xayoli o‘sha yaramas sotqinni topishda. Tarqatgan odam adolatni xohlagandi. Endi uni sotqin va xoinga chiqarishadi.

Jamiyatimizda insonlar ongini boshqarish uchun ayrim shaxslar haqiqatni aytayotgan odamlar tomon "u tuxmatchi, u sotqin, u xoin" deb yoppasiga tashviqot qilib, xalqning ishonchiga kirib olishga harakat qilishadi. Ming afsuslar bo‘lsinki, haq nohaqni ajratolmay arosatda qolgan, "olomonchilik" kayfiyatidagi xalqimiz hamon yuqori lavozim egalarini avliyo, ularning har bir so‘zini favqulodda qonun deb hisoblashadi.

To‘g‘ri, rahbarning so‘zi qonun bo‘lishi, buyruqlari bajarilishi shart, lekin bu rag‘bar xato qilmaydi, adashmaydi degani emas."Qo‘rqoq oldin musht ko‘taradi" deganlaridek, ularning kirdikorlarini ochgan odamni “bu xoin Vatanni sotdi” deb uydirma qilishadi.

Tanqidning muallifini emas, muammoning mohiyatini o‘rganish lozim!

Aslida ijtimoiy tarmoqda tarqalayotgan materiallar jamiyatga tutilgan ko‘zgudir. Ko‘zguga qarab biroz mushohada yuritishimiz, ko‘zguga qarashdan esa cho‘chimasligimiz kerak.
Ahmad Buxoriy

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Ehtiyot bo‘ling: Oramizda sotqin bor!»