Zoyir Mirzayev Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyatida hukumat rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan viloyat faollari yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Avvalroq, Qashqadaryo viloyati hokimi, prokurori, IIB va DSI boshliqlari ishdan olinishi kutilayotgani xabar qilingandi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Erkaboy Tojiyev Qashqadaryo viloyati prokurori etib tayinlangani to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Eslatib o‘tamiz, Zafar Ro‘ziyev 2013 yil 27 sentyabrdan buyon Qashqadaryo viloyat hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi.
Zoyir Mirzayev 1968 yil 10 mart kuni Samarqand viloyati Jomboy tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 1994 yilda Toshkent moliya institutini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2008-2010 yillarda - Samarqand shahar hokimi. 2010 yil 17 dekabrdan 2016 yil 15 dekabrgacha Samarqand viloyati hokimi. 2016 yildan 2018 yilgacha bosh vazir o‘rinbosari - Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, agrosanoat majmuasi rahbari. 2018 yildan - bosh vazir o‘rinbosari - agrosanoat, oziq-ovqat va xalq iste’mol mollari majmuasi rahbari bo‘lib ishlagan. 2018 yil 7 noyabr kuni Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani hokimi lavozimiga tayinlangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi