Fransiya bank tizimi vakilining soʻzlariga koʻra, ushbu tizimni yaratish tashabbusi Yevropa markaziy bankidan chiqqan.
Yevropadagi kamida yigirmata bank Amerikaning Visa va MasterSard tizimlari oʻrnini bosuvchi umumqitʼa toʻlov tizimini yaratish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda oʻz manbalariga tayaniyu Frans-Press agentligi xabar berdi.
Tashabbus loyihasi PEPSI – Pan-European Payment System Initiative (“Panevropa toʻlov tizimi loyihasi”) deb nomlanadi.
Fransiya bank tizimi vakilining soʻzlariga koʻra, ushbu tizimni yaratish tashabbusi Yevropa markaziy bankidan chiqqan. Manbaning taʼkidlashicha, Yevropa markaziy banki “toʻlovlarning mustaqilligi” bilan bogʻliq vaziyatdan tashvishda va buni “texnik emas”, siyosiy muammo deb hisoblamoqda.
Agentlikning qayd etishicha, Yevropadagi hech bir yirik moliya instituti ushbu loyihada ishtirok etayotganini tasdiqlamagan. Manbalarning bildirishicha esa, loyihaga Fransiyadagi aksariyat banklar hamda Germaniyadagi Deutsche Bank jalb etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
Putin Rossiyada tug‘ilishni ko‘paytirishga buyruq berdi
Vatandoshlaridan yordamini ayamaydigan Bollivud yulduzlari
Mbappe alamli mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi?
Parhezshunos tvorog iste’moli borasida ogohlantirdi
Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi
Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi