Senat tomonidan ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil 7 noyabrdagi farmoniga binoan Oliy Majlisi Senati a’zosi Svetlana Boymirzayevna Ortiqovaning vakolati muddatidan avval tugatildi.
Shuningdek, Prezidentning 2019 yil 7 noyabrdagi farmoniga asosan Svetlana Ortiqova O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati ham Svetlana Ortiqovaning bosh prokuror o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani haqida rasman ma’lum qildi.
Svetlana Ortiqova 1962 yil 1 yanvarda Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1987 yilda Toshkent davlat universiteti yuridik fakultetini tamomlagan. Mutaxassisligiga ko‘ra, huquqshunos, ko‘p yillar davomida prokuratura organlarida faoliyat olib borgan.
2015 yildan 2019 yilga qadar Senatga raislik qilgan Nig‘matilla Yo‘ldoshevga o‘rinbosarlik qilgan edi. Nig‘matilla Yo‘ldoshev 2019 yil iyunidan beri O‘zbekiston bosh prokurori hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Erdo‘g‘on: “Amaldagi konstitutsiya Turkiyaning demokratik tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi”
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”