13:10 / 22.12.2019
2 852

Qamchiq dovonida harakat qayta tiklandi. Haydovchilarga tavsiyalar

Qamchiq dovonida harakat qayta tiklandi. Haydovchilarga tavsiyalar
Avval xabar qilinganidek, 2019 yil 21 dekabr kuni soat 08:00 da A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonida qor ko‘chkisi havfi bo‘lganligi sababli dovonda avtotrasport vositalarining harakati to‘xtatilgan edi.

2019 yil 21-22 dekabr kunlari FVV, MV, IIV, «O‘zavtoyo‘l» davlat qo‘mitasi kuch va vositalari tomonidan Qamchiq dovonining avtomobil yo‘li qordan tozalandi.

«O‘zgidromet» markazining qor ko‘chkisi mavjud emasligi to‘g‘risidagi byulleteniga asosan, «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘li Qamchiq dovonida joriy yilning 22 dekabr kuni soat 11:40 dan avtotransport vositalarining ikki tomonlama harakati yo‘lga qo‘yildi.

Yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishdan oldin quyidagi mutaxassis tavsiyalariga e’tibor qaratishingiz so‘raladi:

- avtomobillarning texnik holatini to‘liq ko‘zdan kechirish;
- dovon orqali yetarli darajada yoqilg‘i-moylash mahsulotlari bilan harakatlanish;
- avtotexnikalarning qish mavsumida harakatlanish uchun maxsus shinalar bilan almashtirish;
- haydovchilarimizning Qamchiq dovoni orqali harakatlanganda hushyorlikni yanada oshirishlari va yo‘llarda to‘xtab dam olishlari;
- viloyatlararo yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, firmalar, xususiy tadbirkorlar tomonidan haydovchilar bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi.

Qamchiq dovoni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin:
«Qamchiq» Maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi navbatchilik qismi: (95) 146-87-08, (70) 662-72-49, (71) 212-70-07, (99) 837-29-38, 10-50.

O‘zingiz hamda yo‘lovchilar hayotini xavf ostiga qo‘ymang!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qamchiq dovonida harakat qayta tiklandi. Haydovchilarga tavsiyalar