15:30 / 17.01.2020
2 850

Navbatdagi “Ohak sexi”da gazni o‘g‘irlash holati fosh etildi

Navbatdagi “Ohak sexi”da gazni o‘g‘irlash holati fosh etildi
Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.Sharipov tadbirkorlik ro‘yxatidan o‘tmasdan, tegishli hujjatlarsiz Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Erkin q.f.y., Qahromon mahallasi hududida, “Miralimboy Tolibboy” xususiy korxonasiga qarashli ochiq yer maydonida ohak toshini kuydirish uchun mo‘ljallangan 2 dona, diometri 20 mm. bo‘lgan 6 dona qo‘lbola yondirgich (garelka) orqali foydalaniladigan uskunalarni korxonaning orqa tomoniga o‘rnatib, tabiiy gaz quvuri tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulanib undan foydalanib kelganligi aniqlangan. Holat yuzasidan tabiiy gazdan foydalanish qoidalari buzilganligi to‘g‘risida tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Ushbu holat yuzasidan Zangiota tuman “gaz ta’minoti” uchastkasining hisob-kitobga ko‘ra fuqaro A.Sharipov tomonidan “ohak sexi”da aniqlangan qoidabuzarlik natijasida, Zangiota tuman “gaz ta’minoti” uchastkasiga jami 108 mln. 864 ming so‘m miqdorida zarar yetkazgan.

Mazkur holatda O‘zbekiston Respublikasining JKning 185-2-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud bo‘lsada, fuqaro A.Sharipovga 30 kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararni o‘rni qoplangan taqdirda javobgarlikdan ozod etilishi imkoniyati berilishiga qaramasdan zarar pullari to‘lanmagan.
Oqibatda esa, O‘zbekiston Respublikasi JKning 185-2-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navbatdagi “Ohak sexi”da gazni o‘g‘irlash holati fosh etildi