Toshkentda gastronomik turizm koʻchasi: yangi imkoniyatlar ochilmoqda (foto)

2 daqiqa o'qish478
Toshkentda gastronomik turizm koʻchasi: yangi imkoniyatlar ochilmoqda (foto)
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi "O‘zbekiston ovozi" ko‘chasida tashkil etilgan 2,1 kilometrlik zamonaviy gastronomik turizm ko‘chasi bilan tanishdi.
  • Qiymati 40 milliard so‘m bo‘lgan ushbu loyiha doirasida 165 ta servis obyekti barpo etilib, hududda 24/7 ish tartibi va barcha zaruriy infratuzilma yaratildi.
  • Mazkur tashabbus natijasida 2 200 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi hamda hudud aholi va sayyohlar uchun jozibador maskanga aylantirildi.
  • Kelgusida poytaxtda bunday tunu kun ishlaydigan turizm ko‘chalari sonini yanada ko‘paytirish va xizmatlar ko‘lamini kengaytirish rejalashtirilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev 23 aprel kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan Oʻzbekiston ovozi koʻchasida tashkil etilgan zamonaviy gastronomik turizm koʻchasi faoliyati bilan tanishdi. Ushbu loyiha mamlakatda ichki turizmni rivojlantirish va xizmatlar turini kengaytirishga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri hisoblanadi.

Mazkur obyekt davlat rahbarining 2022 yil 30 aprelda qabul qilingan qaroridan kelib chiqqan holda amalga oshirilgan boʻlib, 2025 yil sentyabr oyida ishga tushirilgan. Loyihani Rossiyaning “City Makers” va “Lyudi Arxitekts” arxitektura byurolari ishlab chiqqan.

Toshkentda gastronomik turizm koʻchasi: yangi imkoniyatlar ochilmoqda (foto)

Koʻchaning umumiy uzunligi 2,1 kilometrni tashkil etib, bu yerda aholi va sayyohlar uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Xususan, keng piyodalar va velosiped yoʻlaklari, dam olish hududlari, selfi-zonalar, ochiq havodagi sport maydonchalari va biohojatxonalar barpo etilgan. Shuningdek, bolalar uchun ekomaydonchalar va arqonli bogʻlar, oilaviy dam olish maskanlari ham faoliyat yuritmoqda.

Prezident koʻcha boʻylab yurar ekan, taʼmirlangan uylar, obodlashtirilgan hududlar va yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdi. Shu yerda istiqomat qilayotgan fuqarolar bilan muloqot qilib, ularning fikr va takliflarini tingladi.

Toshkentda gastronomik turizm koʻchasi: yangi imkoniyatlar ochilmoqda (foto)

Loyihaning umumiy qiymati 40 milliard soʻmni tashkil etadi. Hozirda koʻchada 165 ta savdo va servis obyekti faoliyat yuritmoqda. 89 ta tadbirkorlik subyekti uzluksiz, yaʼni 24/7 tartibida ishlashga oʻtgan. Eng muhimi, 2 221 ta yangi ish oʻrni yaratilgani iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega.

Maʼlum qilinishicha, 2025 yilda poytaxtda jami 26 ta koʻcha tunu kun ishlaydigan formatga oʻtkazilgan. Bu yoʻnalishga 540 milliard soʻm sarflanib, 1 103 ta yangi obyekt tashkil etildi. Shuningdek, 315 ta tadbirkor doimiy ish rejimiga oʻtdi va 26 ta xorijiy brend faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Toshkentda gastronomik turizm koʻchasi: yangi imkoniyatlar ochilmoqda (foto)

Bu ishlar oʻz samarasini ham bermoqda. Hozirda mazkur koʻchalarda kunlik tashrif buyuruvchilar soni 80 mingdan 200 minggacha yetmoqda, 6 ming nafar aholining bandligi taʼminlangan.

Joriy yilda esa yana 18 ta yangi turizm koʻchasini barpo etish, 500 ta yangi obyekt ishga tushirish va 7 mingga yaqin yangi ish oʻrni yaratish rejalashtirilgan.

Toshkentda gastronomik turizm koʻchasi: yangi imkoniyatlar ochilmoqda (foto)

Davlat rahbari mutasaddilarga gastronomik turizm koʻchalari sonini yanada oshirish, mavjud salohiyatdan toʻliq foydalanish, xizmatlar sifatini yaxshilash va yangi investitsiya loyihalarini jadal amalga oshirish boʻyicha aniq topshiriqlar berdi.

Bu kabi tashabbuslar Toshkentni nafaqat mintaqada, balki xalqaro miqyosda ham jozibador turizm markazlaridan biriga aylantirishga xizmat qiladi.

Toshkentda gastronomik turizm koʻchasi: yangi imkoniyatlar ochilmoqda (foto)

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?