Ko‘plab jinoyatlarda, jumladan, qotillikda ayblangan jinoiy guruh boshlig‘i Du Shaopin Xitoyning markaziy qismlaridan biri bo‘lgan Xunan provinsiyasida qatl etildi, deya xabar berdi «xabar» sayti.
Hukm 16 yanvar kuni XXR Oliy xalq sudi tomonidan tasdiqlangan va jinoyatchi qarindoshlari va yaqinlari bilan vidolashgan zahoti Xuayxua oraliq xalq sudi tomonidan ijro etilgan.
Tergov xulosalariga ko‘ra, Du 2001 yil dekabrda provinsiyaning Sinxua-Dun avtonom uyezdi Sinxuan shahrida joylashgan 1-sonli o‘rta maktab o‘yin maydonini qurish uchun shartnomani qo‘lga kiritadi. Bu loyihani amalga oshirish uchun soxtakor Lo Guanchjunni yollaydi.
Qurilish vaqtida Du qurilish jarayonini kuzatib yurgan maktab xodimlaridan biri Den Shipindan norozi bo‘ladi. 2003 yil 22 yanvarda Lo bilan birga uni o‘ldirishadi va maktab maydoniga ko‘mib tashlashadi.
2008 yildan beri Du boshchiligidagi o‘n uch kishidan iborat jinoiy guruh katta foiz evaziga bergan qarzlarini zo‘ravonlik yo‘li bilan undirgan, fuqarolarni noqonuniy ozodlikdan mahrum qilgan va boshqa jinoyatlarni amalga oshirgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi