12:27 / 22.02.2020
13 732

Farg‘onada "virus"dan 10 kunda 9 kishi halok bo‘ldi!

Farg‘onada "virus"dan 10 kunda 9 kishi halok bo‘ldi!
Kamyuning "Vabo" asarini o‘qigansiz. Kalamushlar ko‘payib ketib, shaharga vabo tarqalganidan boshlanadigan asar, asl vabo boshqa ekanligidan hikoya qiluvchi ajoyib asar. Asl vabo, o‘latda emasliiga ishora qilguvchi asar. Bizda ham shunga o‘xshash holat kuzatilmoqda.

Bugun ayrim tanishlarim meni koronavirus bilan qo‘rqitmoqda. Oldin ham aytganimdek, ajali yetgan odam bunaqa virussiz ham o‘lib qolaveradi.

Virusdan nima uchun qo‘rqamiz? Inson hayoti xavf ostida qolgani uchunmi? Odamlar o‘lib ketayotgani uchunmi?

Unda nega avtohalokatdan o‘lib ketayotganimizga e’tibor qaratmaymiz? Farg‘ona viloyatining o‘zida 10 kunda 9 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Lekin negadir avtomobillarga baykot e’lon qilmaymiz. Negadir boyvuchchalarga gapiraolmaymiz. O‘pkangni bos deb dangal gapirmaymiz.

10 kunda 9 ta o‘lim! Butun mamlakat bo‘yicha qancha bo‘lishi mumkin? 1 oyda qancha bo‘lishi mumkin?

Lekin bu o‘limlar sizning parvoingizga kelmaydi. Siz uchun o‘limlar, yo‘llarning siz tufayli kengayishi, uylar buzilayotgani, jamoat transportining yo‘qligidan budjetga pul tushmasligi, metandagilar aholiga ajratilgan limitni sizning bemalol yurishingiz uchun sarflayotgani va hokazo sabablar qiziqmas. Rostdan bu siz uchun muhimmas!

Odam o‘lyapti deb xabar beryapmiz. Parvo qilmadilaringmi, unda koronavirusgayam parvo qilmanglar. G‘arbdagi inson hayotini ustun qo‘yguvchilar koronavirusdan havotir olsa, arziydi. Chunki ular uchun mashinali bo‘lish alohida maqomga ega bo‘lish deganimas.

Hisobingizni oling. Boshqa statistik raqamlargayam ko‘z tashlab qo‘yarsiz.

Bahodirxon Eliboyev

MA-News Agency telegram kanalidan olindi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada "virus"dan 10 kunda 9 kishi halok bo‘ldi!