15:50 / 18.10.2017
5 704

Qanday qilib yoshlikni behudaga sarflamaslik mumkin?

Qanday qilib yoshlikni behudaga sarflamaslik mumkin?
Milleniallar boshqa avlodlarga qaraganda ko‘proq depressiyaga va nizolarni hal qila olmaslikka moyildirlar. Asabiy zo‘riqish natijasida ular ishlarini o‘z vaqtida bajarishga ulgurmaydilar, ish vaqtidan tashqari vaqtlarda ishlaydilar, buning natijasida yanada ko‘proq stress holatiga tushadilar va bu yopiq doiraga aylanadi.

Xayriyatki, bu jarayonni o‘z hayotiga yangi qoidalar qo‘shish yo‘li bilan to‘xtatish mumkin. Siz 30 yoshga kirganingizda, hayotimning bir qismini bekorga sarfladim deb o‘ylamaslik uchun bu qoidalar bilan tanishishingiz zarur.
  1. Agar ijtimoiy tarmoqlar bo‘lmaganda, har bir qadamingizni hujjatlashtirmaganingizda va o‘zingizni solishtirishingiz mumkin bo‘lgan to‘g‘rilangan yaltiroq suratlar bo‘lmaganda qanday yashashingiz mumkinligi haqida ko‘proq o‘ylang.
  2. Hamma narsaga haddan tashqari ta’sirlanishni bas qiling.
  3. O‘zingizni kiyimlar to‘g‘risidagi fikrlarim eng nozik va murakkab deb ko‘rsatishni to‘xtating, ziyrak odam bo‘lishga harakat qiling.
  4. Kitoblar o‘qing.
  5. O‘z fikrlaringizni, sevgingizni, ijodingizni yashirmang va ularni boshqa kunga qoldirmay yashang.
  6. Mablag‘ingizga muvofiq yashang. Agar siz pulingiz kam bo‘lganda bunga o‘rganmasangiz, ular ko‘payganda bunday qila olmaysiz. Yaxshi pul topadiganlar ham ba’zan qarzga botib va beqaror vaziyatda yashaydilar, chunki ular imkoniyatlari darajasidan ko‘proq sarflaydilar.
  7. Zararli odatlarni rag‘batlantirishga sizni nima majbur qilayotganini o‘ylab ko‘ring. Nima bo‘lganda ham, bu qondirilmayotgan zaruriyatlarning belgisidir. O‘ylab ko‘ring va bu manbani to‘ldiring. Shunda sizning tashqi muammolaringiz osonroq hal bo‘ladi.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qanday qilib yoshlikni behudaga sarflamaslik mumkin?