Har bir inson yoshligidanoq kamchiligu yutuqlari, o‘z imkoniyatlari haqida oz bo‘lsada tasavvurga ega bo‘la boshlaydi. Yoshligidanoq bolalar fe’l-atvori haqida oldin ota-onalar, keyin esa atrofdagilar o‘z munosabatini bildira boshlaydi. Tashqi ta’sir natijasi o‘laroq, har bir insonda o‘z-o‘ziga baho berish qobiliyati shakllana boshlaydi. Kimdir o‘ziga juda yuqori baho bersa, yana kimdir o‘zi haqida salbiy fikrda bo‘ladi.
O‘zi haqidagi juda yuqori fikrdagi insonlar atrofdagilardan doim qusur izlashga harakat qilishadi. Uning o‘zi haqidagi fikri real imkoniyatlardan ko‘ra ilgarilab ketgan. Bunday insonlarning baxtli bo‘lishi qiyin, sababi ular doim nimadandir norozi bo‘lib yurishadi: yo hayot tarzidan yoki atrofdagilardan… ularning o‘zi haqidagi fikrlarni o‘zgartirish ham qiyin kechadi. Buning uchun o‘zgalarning yutug‘ini ko‘rib, o‘z imkoniyatlarini taqqoslash, atrofdagilarning unga nisbatan to‘g‘ri muomala qila olishi muhim axamiyatga ega.
O‘zi haqida salbiy fikrda bo‘lgan insonlarga ham oson emas. Ularning boshqalar bilan muomalaga kirishishlari, yangi tanishlar orttirishlari qiyin kechadi. Ularni doim biror ishni boshlashdan oldin «men to‘g‘ri yo‘l tutayapmanmikan?» kabi shubhali savollar qiynaydi. Bunday shubha gumonlardan qutilish uchun, avvalambor o‘zingizga chetdan nazar tashlang. Siz hech kimdan kam emassiz va shuning barobarida boshqalardan ustun jihatlaringiz ham mavjud. Bu jihatlarni his qila biling. Shundagina hayotda o‘z o‘rningizni topib, ishingizda yaxshi natijalarga erisha olasiz.
Manba: maslahat.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi