14:14 / 24.03.2017
8 755

Mavluda Asalxo‘jaevaning ishi sudgacha etib bormay hal bo‘ldi

Mavluda Asalxo‘jaevaning ishi sudgacha etib bormay hal bo‘ldi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mavluda Asalxo‘jaeva to‘y-hashamlarda ayollar libosini kiyib, pardoz-andoz bilan Asalxo‘jaevaning qo‘shiqlari fonogrammasiga og‘iz qimirlatib yurgan yigitni sudga bermoqchi ekani haqida xabar berilgan edi.

“Qalampir” nashri Mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida Mavluda Asalxo‘jaeva bilan bog‘landi.

“Sizlarning saytingizda chiqqan xabardan keyin o‘sha taqlidchi yigit uyimga keldi, uzr so‘radi. To‘ylarda qilayotgan taqlidi menga bezarar ekanini tushuntirishga harakat qildi. Shunday bo‘lsa-da, erkak kishining ayollar libosini kiyib, mening qo‘shiqlarim fonogrammasiga og‘iz qimirlatib turishiga qarshiman. Muxlislarim ham buni yoqlamayapti.

Boburga rozi emasligimni aytdim va endi to‘ylarda Mavluda Asalxo‘jaeva sifatida namoyon bo‘lmaslikka va’da berdi. Bilishimcha, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi vakillari ham u bilan tushuntirish ishlarini olib borishdi. Ko‘ramiz, natija qanday bo‘larkin”, deydi Mavluda Asalxo‘jaeva.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Mavluda Asalxo‘jaevaning ishi sudgacha etib bormay hal bo‘ldi