14:42 / 21.08.2017
9 768

Sogdianani sog‘inganlar uchun u haqida yangilik!

Sogdianani sog‘inganlar uchun u haqida yangilik!
Hozirda Rossiyada yashab, ijod qilib kelayotgan hamyurtimiz xonanda Sogdianani sog‘inganlar bo‘lsa ajab emas. Bu haqida myday.uz xabar qildi. Sohirnafas xonanda o‘zining yangi «Nedelimы» deb nomlangan taronasiga yurtimizning go‘zal go‘shasi Xivada klip suratga oldirdi.

Mazkur taronaga ishlangan video ketma-ketlikni o‘z ishining ustasi, mahoratli klipmeyker Yodgor Nosirov suratga oldi. Suratga olish ishlari 12 avgust kuni Xivashahrida boshlanib, ikki kun davom etgan.



XONANDA SOGDIANA:
«Yodgor Nosirovning oldiga men otam bilan klip oldirishga kelganman. Bu voqea «Fabrika zvyozd» ko‘rsatuvi boshlanmasidan oldin bo‘lgan. Shu bilan men tanlovda qatnashish uchun uchib ketganman. Klip esa qolib ketgan. Bu voqeaga 12 yil bo‘libdi. Men bu iste’dodli inson bilan ishlash baxtiga muyassar bo‘lganimdan juda ham xursandman. Klipni dekorasiyalar yordamida suratga olishni xohlamadik, bizga haqiqiy sharq va uning tarixi kerak edi. Shuning uchun klipni Xivada suratga olishga qaror qildik. Suratga olish jarayoni men uchun juda qiziqarli bo‘ldi. Qolaversa, barcha o‘z ishiga ma’suliyat bilan yondashdi. Bu esa ish jarayonida juda ham muhim».

YoDGOR NOSIROV, REJISSYoR:
«Klip boshida syujet yo‘nalishida suratga olinishi kerak edi, ammo ba’zi bir sabablarga ko‘ra, klipimizni trek yo‘nalishida suratga oldik. Klip davomida Sogdiana 3ta obrazda namoyon bo‘ladi. Klipning premera sanasi hali aniq emas, chunki uning ustida ishlashimiz kerak. Qolaversa, kompyuter grafikasidan ham foydalanamiz. O‘ylaymanki, sentyabr oyining boshlarida Sogdiananing muxlislari bizning ijod mahsulimizdan bahramand bo‘lishlari mumkin bo‘ladi».

Qo‘shiq she’ri va musiqasi Aleksey Malaxov qalamiga mansub. Klipni suratga olishda Jahongir Ibragimov o‘z mehnatini ayamagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Sogdianani sog‘inganlar uchun u haqida yangilik!