10:48 / 17.10.2017
6 892

Shakira va Pikening ajrashuvi haqidagi ma’lumotlar mish-mish bo’lib chiqdi

Shakira va Pikening ajrashuvi haqidagi ma’lumotlar mish-mish bo’lib chiqdi


Bundan bir necha kun avval ommaviy axborot vositalarida paydo bo’lgan ajrashuv xabarlari juftlik muxlislarini yetarlicha tashvishga solib qo’ygandi. Lekin Shakira va Pikening rasmiy vakillari ushbu xabarlar mish-mish ekanligini tasdiqlashmoqda. Juftlikning ijtimoiy tarmoqlarga joylab borayotgan oilaviy suratlari esa tarqatilgan xabarlar haqiqatan ham mish-mishdan boshqa narsa emasligini aytib turibdi.

Gap-so’zlar avj olgan paytda Shakira Twitter orqali muhabbat haqida kuylangan videosini joylashtirgan bo’lsa, ketidan Jerar Pike xonanda bilan tushgan ajoyib suratini folloverlar bilan bo’lishgan.

“Juftlikning ajralishayotgani haqidagi xabardan tashvishga tushgan muxlislar ularning birgalikda tushgan rasmlarini ko’rib behad quvonishdi“ deb xabar bermoqda xorij saytlari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shakira va Pikening ajrashuvi haqidagi ma’lumotlar mish-mish bo’lib chiqdi