Foto: Yoshlar media markazi
Marche du Film kinobozorida tashkil qilingan milliy pavilonga 71-xalqaro Kann kinofestivali g‘oliblari, «Ayka» filmi ijodkorlari — rejissyor, ssenariy muallifi Sergey Dvorsevoy va bosh rolni ijro etgan hamda 2018 yilda «Eng yaxshi aktrisa» nominatsiyasi sovrindori bo‘lgan Samal Yeslyamova tashrif buyurdi. Bu haqda Yoshlar media markaziga tayanib «Daryo» ma’lum qildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi mehmonlarni mamlakat kinolokatsiyalari bilan tanishtirdi. Kelajakda qo‘shma loyihalar qilish hamda 2019 yil 26—30 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan 5-xalqaro PROlogue kinofestivalida qatnashishga taklif qildi.
«Garchi yaqin qo‘shnilar bo‘lsak ham, afsuski, hali O‘zbekistonda bo‘lmaganman. Lekin Buxoro va Samarqand haqida ko‘p eshitganman. Menga bunday ko‘p asrli tarixga ega mamlakatlar juda yoqadi. Milliy pavilondagi taqdimotlar va kataloglardagi fotosuratlarni ko‘rib, O‘zbekiston naqadar jozibali va chiroyli go‘shalarga boy ekaniga ishonch hosil qildim. Albatta, kinofestivalda qatnashishdan ham xursand bo‘laman», — dedi Samal Yeslyamova. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi
Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir»