00:23 / 09.07.2019
3 220

Qoraqalpog‘istonlik baxshi qiz Polshada gran-prini qo‘lga kiritdi

Qoraqalpog‘istonlik baxshi qiz Polshada gran-prini qo‘lga kiritdi
Foto: «Xalq so‘zi»
Yaqinda, ya’ni 29 iyundan 6 iyulgacha Polshada bo‘lib o‘tgan “Zolotaya lodka” xalqaro tanlovida qoraqalpog‘istonlik Dinara Nuratdinova bosh sovrin – gran-prini qo‘lga kiritdi.

Gruziya, Ukraina, Ozarbayjon, Rossiya, Italiya va boshqa mamlakatlarning san’at ustalari ishtirok etgan mazkur nufuzli tanlovda Dinara Nuratdinova baxshichilik yo‘nalishida o‘z mahoratini namoyish etib, tomoshabinlarning hamda hay’at a’zolarining e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Foto: «Xalq so‘zi»
- Nukus pedagogika institutida tahsil olish bilan birga ajdodlarimiz merosi bo‘lgan baxshichilik san’ati sir-asrorlarini ham o‘rganmoqdaman, - deydi D.Nuratdinova. - Xalqaro tanlovda yuksak darajada e’tirof etilganimdan cheksiz xursandman. Bu, Prezidentimizning yoshlarga yaratib bergan keng imkoniyatlari samarasidir, albatta.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Qoraqalpog‘istonlik baxshi qiz Polshada gran-prini qo‘lga kiritdi