9 609
Barcha sevib tomosha qiladigan "Qo‘ng‘iroq soch Sue" filmidagi mitti Sueni kim ijro etgan?
Ha, bu film haqida so‘z ochganimizda, birinchi bo‘lib albatta, shiringina qizaloq bo‘lmish Sue ko‘z oldimizda gavdalanadi. Uning jingalak sochlariga ko‘pchilik havas qiladi.
Bu rolni mashhur amerikalik aktrisa Alison Porter ijro etgan. U 1981 yil 20 iyun kuni AQSh ning Massachusett shahrida tavallud topgan.
Bolalik chog‘idan o‘zining betakror ovozi hamda filmdagi ijrolari orqali insonlar qalbidan chuqur joy egalladi. "Qo‘ng‘iroq soch Sue" filmi 1991 yili suratga olingan. Aynan bu filmdagi Sue roli uchun Alison Porter tanlab olindi.
Ijtimoiy tarmoqlarda aytilishicha, u boshqa yosh aktyorlar cingari yoshlik paytida ichkilikka ruju qo‘ygan. O‘zining instagram ijtimoiy tarmog‘ida ancha yillar ilgari shunday deydi: "Salom. Men Ali. Men alkogol ichimligini iste’mol qilaman".
Ammo keyinchalik o‘zi shunday deb yozganini tan olib, " Ha, bu haqiqat. Ammo men 2007 yil 28 oktyabrdan buyon hech qanday alkogol ichimliklarga qo‘limni tekkizmay qo‘ydim", -deb alohida ta’kidlab o‘tdi.
Porter 2012 yil Brayan Autenriethga turmushga chiqadi. Hozirda ikki yoshlik Mason Blez va to‘rt oylik Aria Sagelarning sevimli onasi.
"Men turmush o‘rtog‘im va farzandlarim uchun ichkilik ichishni va marixuana doricini iste’mol qilishni to‘xtatdim. Oilam bu mening hayotdagi mazmunim va ular uchun men har narsaga tayyorman", - deb o‘zining ijtimoiy sahifasida yozgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi
O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi?
Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi
“Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!