Aziz mushtariylar! Siz uchun juda ham qiziqarli bo‘lgan Bollivud olami hamda uning bir-biridan mahoratli aktyor va aktrisalarining ijod namunalari haqida berib borilayotgan maqolalarimiz sizga qanchalik manzur bo‘lganligi haqida fikr-mulohazalaringizni, albatta kutib qolamiz.
Bu galgi maqolamiz orqali iste’dodli Bollivud aktrisasi Deepika Padukone yangi loyiha ustida ishlayotgani haqidagi so‘nggi ma’lumotlarni siz azizlarga taqdim etish niyatidamiz.
Agar ushbu aktrisaning ijodiga qiziqib boruvchilardan biri bo‘lsangiz, uning so‘nggi muvaffaqiyatli filmlaridan biri bo‘lgan «Padmaavat» (Padmavati) filmida Rawal Ratan Singx rolini ijro etish uchun Viki Kaushal bilan uchrashgan hamda aktrisa bu sheriklikni rad etgani haqida ma’lumotga egadirsiz. Viki Kaushalning rad etilishidan so‘ng bu rolni Shahid Kapur ijro etgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Deepika keyingi rolini Shakun Batraning ijodiy jamoasi bilan birgalikda suratga olinadigan yangi filmda ijro etmoqchi. Ushbu film syujeti ikki er-xotin va ularning oilaviy muammolari asosida tuzilgan. Hozirda yangi film ijodkorlari bosh rol ijrosi uchun Deepikaga sherik qidirishmoqda.
Aytishlariga qaraganda, bosh rol ijrochilari sifatida yana o‘sha Deepika rad etgan Viki Kaushal yoki Siddxant Chaturvedilar bilan bog‘lanib ko‘rilyapti. Biroq aktrisa o‘zi xohlamagan aktyor bilan rol ijro etishga rozi bo‘larmikan? Aktrisaning yangi film ssenariysi haqidagi xulosalari juda yaxshiligi uning o‘zi tomonidan tan olingan. Voqealar rivojini biz bilan kuzatib boring! “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi