date

Veysel Dulger Shahlo Salayevaning qalbini qanday zabt etdi?

Veysel Dulger Shahlo Salayevaning qalbini qanday zabt etdi?

Mashhur xonanda Shahlo Salayeva yaqinda bergan intervyularidan birida o‘zining shaxsiy hayoti va sevgan insoni – Veysel Dulger haqida samimiy fikrlarini bildirib o‘tdi. San’atkor uning qanday fazilatlari qalbini zabt etgani haqida ham gapirib berdi.

Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, Veysel Dulgerda erkak kishiga xos bo‘lishi kerak bo‘lgan deyarli barcha ijobiy xislatlar mujassam.

“Bitta erkakda nima kerak bo‘ladigan qanday xislatlar bo‘lsa, hammasi bor deb o‘ylayman. Juda ham yaxshi inson, ayollarni hurmat qiladi. Onamni ham juda hurmat qiladi”, – deydi Shahlo Salayeva.

San’atkorning aytishicha, uning onasi ham Veysel Dulgerga alohida hurmat bilan qaraydi va uni juda yaxshi ko‘radi. Hatto ba’zi vaziyatlarda onasi qizidan ko‘ra ko‘proq uning tarafini olishiga ham to‘g‘ri keladi.

“Onam mendan ham ko‘proq u kishini yaxshi ko‘radi. Hatto ‘uni asabiylashtirma, uni azoblama’, deb meni koyib qo‘yadilar. Ba’zida onam mening emas, ko‘proq o‘sha insonning yonini oladi”, – deya kulib eslaydi xonanda.

Shahlo Salayevaning bu samimiy e’tiroflari muxlislar orasida ham katta qiziqish uyg‘otdi. Ko‘pchilik san’atkorning shaxsiy hayoti va baxti haqida iliq fikrlar bildirib, unga omad tilamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Veysel Dulger Shahlo Salayevaning qalbini qanday zabt etdi?