08:12 / 18.01.2020
3 189

Sarvar Karimov: Kinoga daxldor qonunlar o‘zgarmas ekan, Prezident qarorlaridan foyda yo‘q (video)

Sarvar Karimov: Kinoga daxldor qonunlar o‘zgarmas ekan, Prezident qarorlaridan foyda yo‘q (video)
O‘zbek kinosida naqd pul degan tushuncha yo‘q, shuning uchun ham «Oyqiz ertagi» filmidagi zindon sahnasi uchun zarur zanjirni sotib olish imkoni bo‘lmay, u arqon bilan suratga olingan. Bu haqda rejissyor Sarvar Karimov «Ular» dasturiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Hozirgi kunda milliy kinoimizni yaxshilashga harakat qilinyapti. Lekin biz muammoning sabablarini emas, oqibatlarini davolashga harakat qilyapmiz, sabablar esa boshqa joyda. Agar davlat kinosi haqida aytadigan bo‘lsa, kinoni tartibga soladigan qonunlarimiz noto‘g‘ri. Qonunlarimizni qayta ko‘rib chiqish kerak. Kinoni rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori chiqdi, ammo kinoni ishlab chiqarish bilan bog‘liq qonunlar o‘zgarmas ekan, bu qaror ish bermaydi.

Bitta misol. Kino faqat san’at emas, sanoat hamda — ishlab chiqaradigan joylari ham bo‘ladi, muammolari ko‘p. Bir necha yil avval «Oyqiz ertagi» degan film olingan, Akmal aka Saidov rassom bo‘lganlar. Bir kuni qarasam, «O‘zbekfilm»da boshlarini ushlab yurgan ekanlar. «Ha aka, nima bo‘ldi?», desam, zindon sahnasi uchun bitta zanjir topishim kerak, dedilar. «O‘zbekfilm»da yo‘q ekan. Bo‘pti, Yangioboddan borib sotib olish kerak desam, «Yangioboddan olish mumkin emas». Nimaga? Pul o‘tkazish yo‘li bilan firmadan sotib olish kerak.

Bizga aynan eskirib, zanglab ketgan katta zanjir kerak, bunday zanjirni qanday qilib do‘kondan olasiz? Uni faqat Yangiobod bozoridan sotib olish mumkin. Lekin Yangioboddan pul o‘tkazish yo‘li bilan narsa sotib ololmaysiz, naqd pul kerak. O‘zbek kinosida esa naqd pul tushunchasi umuman yo‘q, boshqa har qanaqa sohada bo‘lgani kabi. Ishqilib, uyoqqa borildi, buyoqqa borildi, bosh ushlandi, oxiri shu kino zanjirsiz, arqonmi, bir narsa bilan tasvirga olindi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Sarvar Karimov: Kinoga daxldor qonunlar o‘zgarmas ekan, Prezident qarorlaridan foyda yo‘q (video)