date

USS Tripoli Yaqin Sharqqa yo‘l oldi: 2500 askar

USS Tripoli Yaqin Sharqqa yo‘l oldi: 2500 askar

Sun’iy yo‘ldosh orqali olingan so‘nggi tasvirlarda AQSHning amfibik hujum kemasi — USS Tripoli (LHA-7) harakatlanayotgani qayd etildi. Ma’lum qilinishicha, kema bortda 31-dengiz ekspeditsiya bo‘linmasi tarkibidagi taxminan 2500 nafar maxsus kuchlar askarini olib ketmoqda.

Hozirda mazkur kema Yaqin Sharq tomon harakatlanmoqda. Xabarlarga ko‘ra, u allaqachon Janubiy Xitoy hududiga kirib kelgan.

Shuningdek, Eronga yaqin hududlarda joylashtirilishi rejalashtirilgan qo‘nish guruhi tarkibida zamonaviy qiruvchi samolyotlar ham mavjud. Jumladan, taxminan 20 ta F-35 qiruvchi samolyotlari ushbu guruh tarkibiga kiritilgani aytilmoqda.

Mutaxassislar fikricha, bunday kuchlar joylashuvi mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat keskinlashayotgan bir paytda amalga oshirilayotgan muhim harakatlardan biri sifatida baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » USS Tripoli Yaqin Sharqqa yo‘l oldi: 2500 askar