15:37 / 03.10.2017
111 479

Bedana tuxumi va uning hayratlarga sazovor foydali xususiyatlari

Bedana tuxumi va uning hayratlarga sazovor foydali xususiyatlari
Qadimdan xalq tabobatida bedana go‘shti va tuxumidan keng foydalanilgan.

Xiva xonligi davrida xon saroyidagi amaldorlar orasida xalifa degan mansabdor bo‘lib, uni xalq «qushchi», «qarchig‘aychi» deya atagan. «Qushchi»ning vazifasi xonlarning shikori uchun o‘rgatilgan ovchi qushlar — burgut, qirg‘ovullarni boqish, shuningdek, xon dasturxoni uchun chumchuq, kaptar, tovus va bedanalarni parvarishlashdan iborat edi. O‘sha vaqtda qush qanchalik kichik bo‘lsa, uning go‘shti shunchalik shirin va shifobaxsh, degan tushuncha bo‘lgan.

Bilamizki, bedana ham kichik qush. U qirg‘ovuldoshlar oilasiga mansub bo‘lib, tanasining uzunligi 16-20 smni, og‘irligi esa 80-145 grammni tashkil etadi. Bedana bir yilda 250-300 dona tuxum qo‘yadi. Uch dona bedana tuxumining hajmi bitta tovuq tuxumiga teng. Biroq bedana tuxumi tovuq tuxumiga nisbatan bir necha barobar foydali va ajoyib xususiyatlarga ega.

ShIFOBAXShLIGI
Tovuq tuxumiga qaraganda bedana tuxumi tarkibida kaliy 5 barobar, temir 4 barobar, V1 va V2 vitaminlari 2,5 barobar ko‘p. Tovuq tuxumida oqsil moddasi 55,8 foizni tashkil etsa, bedana tuxumida 65 foizni tashkil qiladi. Bundan tashqari, bedana tuxumida A vitamini, nikotin kislotasi, fosfor, mis, lizotsim, kalsiy, kumush va boshqa aminokislotalar ham bor.

YuNESKO qoshidagi xalqaro Axborot akademiyasi akademigi, tibbiyot fanlari doktori, professor Xudoyor Olloyorovning ta’kidlashicha, bedana tuxumi odam uchun zarur bo‘lgan, ekologik toza va biologik jihatdan to‘yimli mahsulot hisoblanadi. Yaponiyada bedana tuxumi aholi o‘rtasida eng ko‘p iste’mol etiladigan ozuqadir. Ma’lumki, o‘tgan asrning 1945 yilida Xirosima va Nagasaki shaharlarining bombardimon qilinishidan so‘ng yapon olimlari inson tanasidan radiaktiv elementlarni eng samarali ravishda chiqarishda bedana tuxumini afzal, deb bilishgan. Ana shundan beri to hozirgacha Yaponiyada kun tartibiga kiritilgan 12 ta asosiy ozuqa ro‘yxatiga bedana tuxumi ham qo‘shilgan bo‘lib, har bir yaponiyalik kunda ikki marta bedana tuxumini davlat hisobidan olishga haqi bor. Ya’ni maktab o‘quvchilarining nonushtasiga bedana tuxumi qo‘shib beriladi. Nafaqat Yaponiyada, shuningdek, Xitoyda ham aholi yoppasiga bedana tuxumini iste’mol qilishiga guvoh bo‘lish mumkin. Chunki xitoyliklar ham bu jajji tuxumning katta foydalarini yaxshi bilishadi.

FOYDALI JIHATLARI
Kamqonlikda, qon bosim tushganda, kuchli bosh og‘rig‘ida, immunitet susayganda, o‘tkir resperator kasalliklarida, surunkali bronxit va silga oid intoksikatsiyalarda, oshqozon yarasi va gastritda, pankreatitda, asab tizimi buzilishlarida, qandli diabet va boshqa ko‘plab kasalliklarda bedana tuxumi foydali.

Bedana tuxumi xotirani kuchaytirib, ko‘zni ravshanlashtiradi, asab tizimini mustahkamlaydi.

Immunitetni oshiradi, ovqat hazm qilish va yurak-qon tomir tizimini mo‘’tadillashtiradi.

Tanadagi radiaktiv va og‘ir metallarni chiqarib tashlashi tajribada isbotlangan.

Bedana tuxumining to‘rt-besh donasini xomligicha is’temol qilish erkaklar quvvatini oshiradi.

Bedana hech qachon salmoniz kasalligi uchramaydi. Shu bois uning tuxumini bemalol xomligicha iste’mol qilish mumkin.

Tovuq tuxumi ba’zi hollarda allergiyani keltirib chiqarsa, bedana tuxumida bu holat kuzatilmaydi.

Bu mitti tuxum qon bosimini me’yorlashtiradi, ya’ni bosim past bo‘lsa ko‘taradi, yuqori bo‘lsa tushiradi va parishonxotirlikni davolaydi.

Bedana tuxumi tarkibida lizotsim mavjudligi tufayli uzoq muddatgacha saqlanadi. Tuxumni xona haroratida 30 kun, sovutgichda 60 kungacha saqlash mumkin.

Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bedana tuxumining inson organizmiga hech qanday zarari yo‘q.

ISTE’MOL QILISh TARTIBI
Mittigina tuxumni nafaqat xomligicha iste’mol qilish, balki qaynatish, qovurish, hatto dudlash va marinadlash ham mumkin.

Bedana tuxumi terining sog‘lom va ko‘rkam bo‘lishiga yordam beradi.

Bolalar bir kunda 2-4 dona, kattalar 3-5 dona tuxumni ertalab och qoringa iste’mol etishi tavsiya etiladi. Eng foydalisi, tuxumni xomligicha och qoringa ichishdir. Buni uch-to‘rt oy davomida tanaffussiz amalga oshirish lozim. Davolash ikki haftadan keyin o‘z samarasini ko‘rsatadi. Uch yoshgacha bo‘lgan bolalarga esa bedana tuxumini pishirilgan holda bergan ma’qul.

ENG ShIFOBAXSh TUXUM
Bedana tuxumi tarkibida erkaklar salomatligi uchun foydali moddalar, mikro va makro elementlar, vitaminlar 3-4 marta ziyod. Masalan, tuxumdagi kaliy moddasi tovuq tuxuminikiga qaraganda besh barobar ko‘proq. Bu esa erkaklik quvvatini oshirishda juda samarali yordam beradi.

YuRAK-QON TOMIRLARI KASALLIGIDAN ASRAYDI
Ma’lumki, yurak-qon tomir kasalliklari insonlarning birinchi darajali dushmani hisoblanadi. Bedana tuxumi tarkibida xolesterin moddasi uchramaydi, u qonni tozalash, qon bosimini me’yorlashtirish, gemoglobin miqdorini oshirish hamda organizmdan radionuklidlar, qondagi zararli moddalarni chiqarib yubora oladi.

MITTI TUXUM HAQIDA SO‘NGGI SO‘Z
Xullas, har kuni ikki dona bedana tuxumi tanovul qilib o‘sgan bola tengdoshlariga qaraganda sog‘lomroq, kuchliroq bo‘lib voyaga yetadi. U xotirasidan ham shikoyat qilmaydi, asab tizimi mustahkam bo‘lib, ko‘zlari juda o‘tkir bo‘ladi. Shu bilan birgalikda, bunday bolalarning organizmi me’yorda rivojlanib, juda kam kasal bo‘lishadi.

Zamonaviy tibbiyotda aniqlanishicha, muntazam ravishda bedana tuxumini iste’mol qilib yurganlar yurak xastaliklari, qandli diabet, bronxial astma, jigar, oshqozon, buyrak,
qalqonsimon bez, kamqonlik, asab tizimi kasalliklaridan kamroq shikoyat qilishadi.

KIChIK TAVSIYaLAR

Bir stakan tabiiy sharbatga 2-3 ta ko‘pirtirilgan tuxum va bir qoshiq asal qo‘shing va undan kuniga bir mahal qabul qiling, quvvatingiz oshadi.

Erkaklar potensiyani oshirish uchun 40 kun davomida ertalab 3 ta, kechqurun 3 ta bedana tuxumini xomligicha ichishi lozim.

3-4 oy bedana tuxumi iste’mol qilish duduqlanishni bartaraf etishi mumkin.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Bedana tuxumi va uning hayratlarga sazovor foydali xususiyatlari