21:30 / 09.03.2018
31 878

Tuya sutining ming bir davosi

Tuya sutining ming bir davosi
SARATON VA OQ QON KASALLIGIDA…
“Tarik al-hidaya fi dar maxatir al-jinn vash-shayatin” kitobining muallifi badaviylardan bir guruh odamlar leykemiya (qon saratoni) kasalligi bilan xastalangan 4 kishini davolagani haqida gapirib o‘tadi: «Bu bemorlarning ba’zilari turli davolanishlar kor qilmaganidan so‘ng umidlari yo‘qolib, Londondan to‘g‘ri sahro arablari oldiga kelgan kishilardir. Ulardan ba’zilariga esa allaqachon o‘lim tashxisi qo‘yilgan edi.

Cho‘ponlar bemorlar uchun alohida chodirlar tayyorlab, ularni o‘sha yerga joylashtirishadi va 40 kunlik barcha oziq-ovqatdan mahrum qilishadi. 40 kun davomida bemorlar ozuqa va davo sifatida tuya peshobi aralashtirilgan tuya sutini iste’mol qilishadi. Bunda, asosan, yosh (hali tug‘magan) tuya peshobidan foydalaniladi, chunki bunday tuyalar peshobi foydaliroq va tezroq ta’sir etadi, sitrusli o‘simliklar orasida o‘tlab yurgan tuyalarning suti esa samaraliroq bo‘ladi. Bemorlar to‘liq shifo topadi, ulardan biri esa o‘zini hatto qayta yosharganday his qila boshlashadi».

Badaviylar esa tuya peshobini “al-vazar” deb atashadi. Davo sifatida uni ishlatish usuli: taxminan 3 osh qoshiq tuya peshobiga bir kosa tuya suti aralashtirib, nahorda ichiladi. Bunda yosh va sahroda o‘tlab yurgan tuya peshobi olinsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Qadim zamonlarda, tibbiy dezinfeksiyalovchi vositalar hali ixtiro qilinmagan kezlarda, arablar tuya peshobini jarohat va yaralarni dezinfeksiya qilib tozalash uchun ishlatishgan.

Ko‘chmanchi arablar tuya peshobi va sutini ko‘pgina xastaliklarga shifo deb biladi va hozirga qadar undan foydalanib kelishmoqda. Masalan, tish og‘rig‘i va og‘iz bo‘shlig‘i dardlaridan xalos bo‘lish uchun ular og‘izlarini tuya peshobi bilan chayqaydi.

Arablar yana hali urchimagan yosh tuya peshobidan tumovga qarshi davo sifatida foydalanadi. Ko‘z shamollaganida esa ular sahroda o‘tlab yurgan yosh urg‘ochi tuyaning peshobi bilan ko‘zlarini yuvadi. Aloe va yosh urg‘ochi tuyaning peshobidan tayyorlangan qorishmani yara hamda jarohatlarga surtib, shifo topadi. Umuman, sahro arablari tuya peshobini odam badani va boshiga chiqqan chipqon hamda yaralarni davolovchi eng zo‘r davo vositasi deb hisoblaydi.

Bundan tashqari, ko‘chmanchi arablar tuya peshobiga boshqa ba’zi bir unsurlarni qo‘shib, bezgak tutgan bemorga ichirib, uni davolaydi. Allergik holatlarda va shamollaganda ular tuya peshobini chuqur nafas olib hidlaydi, bunda sitrusli o‘simliklar oldida o‘tlab yurgan tuyalar peshobini ma’qul ko‘riladi. Yosh tuya peshobi va birinchi marta tuqqan tuya sutidan tayyorlangan “al-makshura” deb nomlanadigan aralashmani esa ular ko‘pgina dardlarga darmon sifatida ichishadi.

TUYA SUTI MЕVA VA KO‘KATLAR O‘RNINI BOSA OLADI
Ilmiy tadqiqotlar tuya suti meva va ko‘katlar o‘rnini bosa olish xususiyatiga ekanini aniqladi. Qishloq xo‘jalik vazirligi huzuridagi qishloq xo‘jalik tadqiqotlari markazining yirik qoramol tadqiqotlari bo‘limi rahbari doktor Abdulati Kamel tuya suti tarkibidagi sahro odamlari uchun zaruriy vitamin va minerallar shunday deydi: «Tuya suti tarkibida juda ko‘p miqdorda S vitamini mavjud bo‘lib, sahroda yashovchilar uchun u yangi uzilgan meva va ko‘katlar o‘rnini bosuvchi benazir ne’mat hisoblanadi. Har yili sut mavsumida uning tarkibidagi vitamin va minerallar konsentratsiyasi o‘sadi, holbuki, tuyalarda sut mavsumi to‘liq 12 oy davom etadi, sigir va buyvollarda esa 7 oydan oshmaydi, qo‘ylarda esa atigi 3 oy davom etadi. Tuya sutidagi vitamin va tuzlar miqdori sigir sutidagi xuddi shu elementlar miqdoridan 3 barobar ziyod, odam (ona) sutidagi elementlarga qaraganda esa 50 foiz ko‘proq, ammo ayni shu paytda tuya sutidagi kazein proteinning 70 foizini tashkil etadi, shuning uchun u organizm tomonidan osongina hazm qilinadi va odam tanasiga tezda singib ketadi.

Tuya sutidagi V1 va V2 vitaminlar miqdori qo‘y hamda echki sutidagi vitaminlarga nisbatan ko‘proqdir. Tuya suti buyrak xastaliklari va ko‘krakdagi og‘riqlarni davolash xususiyatiga ega. Tuya suti sahro arablarining asosiy ozuqasi hisoblanadi. Badaviylar uni sutlarning eng yaxshisi deb bilishadi. Ular bu sutni ko‘pincha yangi sog‘ilgan holda ichishni ma’qul ko‘radi. Tuyalar suti foydaliligi va tarkibi bo‘yicha bir-biridan farq qilishi mumkin».

TUYA SUTI VA PЕSHOBI YORDAMIDA VIRUSLI GЕPATIT V KASALLIGINI DAVOLASH
Bir kurs davolanish 3 bosqichdan iborat:

1-bosqich: 1 l sut, 500 ml peshob, 3 osh qoshiq qora sedana talqoni va ezilgan qora sedana aralashmasi.
Undan 2 hafta davomida bir ichganda sutkasiga 2 marta — ertalab va kechqurun 100 g dan qabul qilinadi.

Eslatma: Ertalab och qoringa ichiladi va shundan so‘ng 2 soat davomida hech nima tanovul qilmaslik lozim (hatto suv ham ichilmaydi).
Kechqurun och qoringa uxlashdan oldin ichiladi.

2-bosqich: (tarkibiy qismlar yuqorida ko‘rsatilganidek).
Aralashma 7 kun davomida sutkasiga 3 marotaba ichiladi (och qoringa, ichgandan so‘ng 2 soat davomida biron narsa yeyish va ichish taqiqlanadi).

3-bosqich: sut, asal, qora sedana talqoni.
10 kun davomida sutkasiga 2 marotaba ichiladi+meva va sabzavotli parhez.
Har kuni yangi siqilgan sabzi va olma sharbati ichish lozim.

Agar kasallik boshlanishiga bir yildan ortiq bo‘lmagan bo‘lsa, unda bemor tezda, ya’ni 1-2 kurs davomida sog‘ayishi mumkin.

Sut+peshob aralashmasini 2 hafta sovutkichda saqlash mumkin, chunki peshob kuchli bakteritsid (bakteriyalarni o‘ldiradigan) xususiyatga ega, ammo sut+asal aralashmasini 3 kundan ortiq sovutkichda saqlab bo‘lmaydi, chunki u tez achiydi, shuning uchun qolgan qismini muzlatib qo‘ygan ma’qul.

Diqqat, e’tiboringizni quyidagi muhim holatga qaratamiz: 1-chi va 2-bosqichlar davomida bemor peshobi ko‘kimtir rangda va juda yoqimsiz hidli bo‘lishi mumkin. Bu organizmda tozalanish va qayta tiklanish jarayoni ketayotganligidan dalolat beradi.

Saraton kasalini davolash biroz farqlanadi, bunda peshob+sut aralashmasini qabul qilish uzoqroq davom etadi; kasallik qanchalik o‘tkazib yuborilganligining ham ahamiyati bor.

Tavsiyalarni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Tuya sutining ming bir davosi