Buyuk Britaniyadagi saraton kasalligini tadqiq etish markazi olimlari onkologik kasalliklarning paydo bo‘lishining bosh sabablarini aniqlashdi va kasallanganlar sonini kamaytirish usullari haqida gapirib berishdi, deb yozadi Kun.uz.
Eurekalert saytida e’lon qilingan relizga ko‘ra, birgina Britaniyaning o‘zida yiliga 135,5 ming holatda saraton kasalligining oldi olinishi mumkin ekan — bu umumiy kasallar sonining uchdan bir qismiga teng demakdir.
Saraton kasalligini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan eng keng tarqalgan omillardan biri tamaki tutunidir. Erkaklarda saraton bilan og‘rishning 17,7 foizi, ayollarda esa 12,4 foiziga aynan shu omil sabab bo‘lgan. Ikkinchi o‘rinda ortiqcha vazn, uchinchi o‘rinda esa quyoshda toblanishda ultrabinafsha nurlanishning haddan ziyod ta’siri turadi.
Onkologik kasalliklar paydo bo‘lishining boshqa sabablari orasida alkogolli mahsulotlarni suiiste’mol qilish, havoning ifloslanishi va biriktiruvchi to‘qimalarga boy mahsulotlarni iste’mol qilish turadi.
Olimlarning qayd etishlaricha, agar sog‘lom turmush tarziga amal qilinsa, bu holatlarning barchasidan yiroq yurish mumkin.
“Sog‘lom turmush tarzi siz saratonga chalinmasligingizni kafolatlamaydi, lekin imkoniyat sizning foydangiz tomon ortishi shubhasiz. Bu raqamlarning barchasi kasallikka chalinish tahdidini kamaytirish uchun har birimiz chora qo‘llashimiz mumkinligini ko‘rsatadi”, — deydi markaz rahbari Harpal Kumar. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?