8 565
Olimlar saraton xastaligiga qarshi kurashning butkul yangicha usulini o‘ylab topishdi…
Avstraliya olimlari yangi dori vositasini yaratishdi. Garchi hozircha dorining nomi sir tutilayotgan bo‘lsa-da, xususiyatlari haqida olimlar ochiq gapirishmoqda. Bu dori saratonni davolashda ishlatiladigan kimyoviy va nur terapiyasidan keskin farq qiladi. Masalan, kimyoviy va nur terapiyasining foydasi bilan birga organizm uchun zarari ham bir dunyo. Terapiya saraton to‘qimalari bilan birga sog‘lom to‘qimalarni ham yo‘q qila boradi.
Oqibatda ko‘ngil aynishi, holsizlik, soch to‘kilishi, xavfli infeksiyalarning organizmga kirib qolishi kabilar kuzatiladi. Yangi dori esa bunday zararli jihatlardan xoli. U faqat saraton xastaligi to‘qimalari ichkarisiga kirib boradi va ularni uxlatib qo‘yadi. Uxlatganda ham koma holatiga kirishgacha yetkazadi. Shu usul yordamida xastalik organizm bo‘ylab tarqalishi to‘xtatiladi.
Olimlarning aytishicha, dori dastlabki sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi. Endi navbat klinik sinovlarga. Mutaxassislar yaqin kelajakda shu yangi dori vositasi ko‘magida saratondek xavfli xastalikdan insoniyatni xalos etishga umid bog‘lashgan.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?