23:14 / 30.07.2017
5 253

Iyulning so‘nggi kunini ham jazirama issiqda o‘tkazamiz

Iyulning so‘nggi kunini ham jazirama issiqda o‘tkazamiz
Gidrometeorologiya xizmati markazining xabar berishicha, ertaga, 31 iyul kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati o‘zgarib turadi.

Toshkentda kambulutli, yog‘ingarchiliksiz havo kuzatilib, sharqdan esgan shamol tezligi 3-8 metr/soniyani tashkil etadi. Havo harorati kechasi +24-26 kunduzi +39-41 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida ba’zi joylarda havo o‘zgarib turib, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esgan shamolning tezligi 3-8 metr/soniyani tashkil etadi. Havo harorati kechasi +22-27, kunduzi +37-42 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda havo o‘zgarib turib, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esgan shamolning tezligi 3-8 metr/soniyani tashkil etadi. Havo harorati kechasi +24-29, kunduzi +37-42 daraja bo‘ladi.

Samarqand, Jizzah va Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda havo bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esgan shamolning tezligi 3-8 metr/soniyani tashkil etadi. Havo harorati kechasi +22-27, kunduzi +37-42 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxandaryo viloyatlarida ba’zi joylarda havo bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esgan shamolning tezligi 3-8 metr/soniyani tashkil etadi. Havo harorati kechasi +25-30, kunduzi +37-42 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda havo bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esgan shamolning tezligi 3-8 metr/soniyani tashkil etadi. Havo harorati kechasi +22-27, kunduzi +37-42 daraja bo‘ladi.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Iyulning so‘nggi kunini ham jazirama issiqda o‘tkazamiz