O‘zbekistonda oktyabr oyi oxirigacha qanday ob-havo kutilmoqda?

  • 07 oktyabr 2019, 19:50
  • 2 282
  • O‘zbekiston
  • O‘zbekistonda oktyabr oyi oxirigacha qanday ob-havo kutilmoqda?
    «O‘zgidromet» mutaxassislarining dunyoning yetakchi ob-havo markazlari ma’lumotlariga tayanib bergan baholariga ko‘ra, bu yilgi oktyabr oyi harorati o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlar atrofida yoki undan 1—2 darajaga past bo‘lishi mumkin.

    Hozir davom etayotgan birinchi o‘n kunlikda harorat kechasi 8—13 daraja iliq, kunduzi 20—25 daraja iliq. Oyning ikkinchi yarmi va oxirigacha harorat bir oz pasayib kechasi 7—12 daraja iliqdan 2—7 daraja iliqqacha, kunduzi esa 20—25 daraja iliqdan 12—17 daraja iliqqacha o‘zgaradi.

    Yog‘inlar bo‘yicha ham oktyabr oyi me’yorlarga yaqin bo‘lishi, ayrim joylarda esa o‘rtacha ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘lishi mumkin. Respublikaning shimoliy hududlari — Qoraqalpog‘iston hamda Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlari va Qashqadaryo va Surxondaryoda 2—10 millimetrgacha, qolgan joylarda 15—30 millimetr, respublikaning tog‘ va tog‘oldi tumanlarida 44—74 millimetrgacha yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.

    Kuzatuvlar davri mobaynida bundan ham ko‘p yomg‘ir yog‘gan oktyabr oylari bo‘lgan. Umuman olganda, yomg‘irli kunlar soni o‘rtacha 5—7 kun, Buxoro va Navoiyda 2—4 kunni tashkil qilishi mumkin. Masalan, Toshkentda 1951 yilda oktyabr oyida 18 kun yomg‘irli bo‘lgan.

    «Bir oy oldindan prognozlar ko‘proq iqlimiy tavsifga ega — kunma-kun ob-havoning qanday bo‘lishini aniq prognozlashning imkoniyati yo‘q. Nafaqat O‘zbekistonda, balki jahon amaliyotida ham ob-havo ma’lumotlarini tayyorlashda 6 kunlik prognozlar ishonchli hisoblanadi», — deyiladi xabarda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekistonda oktyabr oyi oxirigacha qanday ob-havo kutilmoqda?