Ijtimoiy tarmoqlarda 23 avgust kuni soat 11:00 da Xalqaro press klubning Xalq ta’limi vazirligi vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tadigan sessiyasi jonli efirda uzatilmasligi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Va bu o‘z tasdig‘ini topib, ushbu sanadan so‘ng Xalqaro press klub jonli efirga chiqmadi. Ushbu holat yuzasidan turli izohlar berilib, sentyabr oyidan jonli efirga chiqish qayta tiklanishi aytildi, deb yozadi Qalampir nashri.
Ertaga, 15 sentyabr kuni soat 11:00 da Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasi tashkil etiladi. Eng qizig‘i, ushbu sessiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilishi kutilmoqda.
15 sentyabrda tashkil etilishi rejalashtirilgan Press klub sessiyasida moderator sifatida Sherzod Qudratxo‘jayevning ishtirok etishi kutilmoqda. Bu haqda tahririyatimizga yaqin manbaa xabar berdi.
Ertangi sessiya “Biznes ombudsman” faoliyati bo‘yicha bo‘lishi hamda unda spikerlar sifatida Savdo sanoat palatasi raisi Adham Ikramov, Adliya vazirligi rahbariyati va O‘zbekistonning taniqli tadbirkorlari ishtirok etishi mumkinligi aytildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Afg‘oniston shimolidagi Bag‘lon viloyatida suv toshqinlari oqibatida 50 kishi halok bo‘ldi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”