Toshkentning Chilonzor tumanida 23 noyabr kuni soat taxminan 13:30 atrofida sakkiz mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deya xabar bermoqda UzNews nashri.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Kichik halqa yo‘lining V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi oldidan o‘tgan qismida («Chilonzor» metro bekati yaqinida) yuz bergan.
UzNews’ning shahar IIBBga asoslanib tarqatgan axborotiga ko‘ra, «Jiguli» avtomashinasi kutilmaganda harakatlanish bo‘lagini o‘zgartirganidan so‘ng, «ZiL» yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotgan.
Izdan chiqib ketgan «ZiL» yetti transport vositasi, xususan, 18-yo‘nalish bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Isuzu avtobusini urib yuborgan. Voqea joyidan olingan suratlarda Spark va Nexia mashinalari zararlanganini ko‘rish mumkin.
Xabar berishlarishcha, hodisa oqibatida jabrlangan shaxslar yo‘q. To‘qnashuv yuz bergan vaqtda avtobusda yo‘lovchilar bo‘lganmi-yo‘qmi, noma’lum. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi