EChL 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan “Manchester Siti” hamda “Barselona” jamoalari o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi. Unda 1:2 hisobi qayd etilib, kataloniyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Dastlab, o‘yinning 16-daqiqasidayoq tinib-tinchimas Luis Suares raqib himoyachisining xatoasidan unumli foydalanib, o‘z jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 14 daqiqaga o‘tgach, yana urugvaylik hujumchining o‘zi Xordi Albaning “Siti” jarima maydonachsiga uzatgan to‘pini, Xart qo‘rqlayotgan darvozaga to‘g‘rilab qo‘ydi – 0:2. Tanaffusga qadar, mazkur hisob o‘zgarmadi.
Ikkinchi bo‘limda, mezbonlar nihoyat jonlanishdi. Edin Jekoda ter Stegen darvozasini ishg‘ol etish uchun juda qulay vaziyat yuzaga keldi, ammo uning zarbasidan to‘p to‘p to‘g‘rigina germaniya posbonnig qo‘liga borib tushdi. Shunday bo‘lsada, “Siti“ baribir bitta golga javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Serxio Aguero jamoasining tezkor hujumi evaziga, raqib jarima maydonchasiga yorib kirib, to‘pni darvoza to‘riga joylab qo‘ydi - 1:2. Oradan besh daqiqa o‘tgach, maydon egalari o‘n kishi bo‘lib qolishdi. Gael Klishi Dani Alvesga qarshi o‘yin qoidasini ko‘pol tarzda buzgani uchun ikkinchi sarik kartochka jazolandi. Bu esa avtomatik tarzda qizil kartochkaga aylandi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda esa “Barsa” penalti tepish huquqiaga ega bo‘ldi. Biroq, Leo Messi 11 metrlik nuqtadan Xartni dog‘da qoldira olmadi.
Shu tariqa, Luis Enrike shogirdlari Angliyadan muhim g‘alaba bilan qaytishmoqda. Javob uchrashuvini kutamiz!
EChL. 1/8 final. Dastlabki uchrashuv
Manchester Siti Angliya – Barselona Ispaniya 1:2 (0:2, 1:0)
Gollar: 0:1 – 16 Suares, 0:2 – 30 Suares, 1:2 – 69 Aguero.
Manchester Siti – Xart, Sabaleta, Demichelis, Kompani, Klishi, Fernando, Silva (Sanya, 78), Nasri (Fernandino, 62), Milner, Aguero, Djeko (Boni, 68).
Barselona – ter Stegen, Dani Alves (Adriano, 75), Buskets, Pike, Alba, Inesta, Maskerano, Rakitich (Mate, 71), Neymar (Pedro, 80), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Rakitich (41), Dani Alves (45), Klishi (59), Adriano (88), Fernando (90).
Chetlatish: Klishi (74).
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi