19:06 / 06.05.2017
5 073

Bektemir O‘zbekiston termasiga to‘rtinchi oltinni tuhfa etdi

Bektemir O‘zbekiston termasiga to‘rtinchi oltinni tuhfa etdi
“O‘zbekiston” universal sport majmuasida Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining final janglari davom etmoqda. Unda 81 kg vazn toifasida ishtirok etib, yarim finalga chiqa olmagan bokschilar o‘rtasida JCh yo‘llanmasi uchun janglar bo‘lib o‘tdi.

Shabbos Nig‘matulloyev (Tojikiston) – Adli Hafiz Mohd Pauzi (Malayziya)
Manish Panvar (Hindiston) – Ali Avais Xon (Pokiston) juftliklarida tojikistonlik va poistonlik bokschilarning qo‘llari baland kelib, Germaniyada bo‘lib o‘tajak JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi, deb yozadi Kun.uz sayti.

Ushbu vazn toifasida Osiyoda eng kuchli bokschi kim ekanini aniqlab beradigan jangda esa ringga Bektemir Meliqo‘ziev (O‘zbekiston) – Yerik Aljanov (Qozog‘iston) juftligi kelib chiqishdi.

Aytish mumkinki, Bektemir ustunligida o‘tgan jangda u haqli ravishda g‘alaba qozondi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bektemir O‘zbekiston termasiga to‘rtinchi oltinni tuhfa etdi