«PSJ» keyingi hafta boshigacha «Barselona»dan Neymarni transfer qiladi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Avvaliga futbolchi 2 avgust kuni parijliklar uchun Qatarda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilgandi, ammo bu xabar tasdig‘ini topmadi.
25 yoshli braziliyalik futbolchi chorshanba kuni reklama bo‘yicha ishlarni yakunlab Shanghayni tark etadi va to‘g‘ri Barselonaga yo‘l oladigan bo‘ldi.
L’Equipe xabariga ko‘ra, futbolchi yakshanba kuni Parijda bo‘ladi va tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. U dushanba kuni yangi klubi bilan shartnoma imzolaydi.
Ushbu transfer 222 million evroga baholangan.
Bundan avvalroq «Barselona» Neymarni Verratti transferi evaziga «PSJ»ga qo‘yib yuborishga tayyor bo‘lishi aytilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Aleksandr Lukashenko Belarus Qurolli kuchlari Bosh shtabi raisini lavozimidan chetlatdi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”