21:19 / 19.09.2017
5 407

Sanjar Rizayev: Terma jamoaning yangi bosh murabbiyi haqida maxsus bayonot beriladi

Sanjar Rizayev: Terma jamoaning yangi bosh murabbiyi haqida maxsus bayonot beriladi
O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati boshlig‘i Sanjar Rizayev Uff.uz sayti bilan suhbatda kutilayotgan o‘zgarishlar haqida savollarga javob berdi.

"O‘zbekiston futbol federatsiyasida ayni vaqtda tizimli o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu o‘zgarishlar yakuniga yetmagunga qadar hech qanday rasmiy axborot bera olmaymiz.

Hamma ish yakuniga yetgandan so‘ng O‘FF tomonidan maxsus bayonot beriladi. Ushbu bayonot yaqin kunlarda federatsiyaning rasmiy sayti orqali ma’lum qilinadi va unda O‘zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi hamda boshqa masalalarga atroflicha to‘xtalinadi.

O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov ham shundan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etishi va jurnalistlar savollariga javob berishi rejalashtirilgan", - deydi Sanjar Rizayev.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sanjar Rizayev: Terma jamoaning yangi bosh murabbiyi haqida maxsus bayonot beriladi