22:52 / 23.09.2017
5 256

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston futzal terma jamoasi yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston futzal terma jamoasi yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Bugun musobaqaning futzal bahslarida chorak final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Ashxobodda davom etayotgan yopiq inshootlar ostidagi Osiyo o‘yinlari chorak finalida Vetnam terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi.

Bugun musobaqaning futzal bahslarida chorak final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Chorak finalda Vetnam terma jamoasiga qarshi bahs olib borgan o‘zbekistonlik futzalchilar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi va yarim finalga yo‘llanma olishdi. Uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasining gollariga Davron Choriyev hamda Farhod Abdumavlonov mualliflik qilishgan.

Ta’kidlash joiz, Bahodir Ahmedov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi yarim finalda Yaponiyaga qarshi bahs olib boradi.

Osiyo o‘yinlari. Ashxobod.
Futzal, Chorak final

Vetnam - O‘zbekiston 0:2
Gollar:
Davron Choriyev(6), Farxad Abdumavlonov(36)

Manba: www.the-uff.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston futzal terma jamoasi yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi