15:00 / 24.11.2017
6 879

O‘FF logotipini o‘zgartiradi, Superliga va Pro-ligalar uchun ham yangi logotiplar yaratiladi

O‘FF logotipini o‘zgartiradi, Superliga va Pro-ligalar uchun ham yangi logotiplar yaratiladi
O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi «Digital Panda» kompaniyasi bilan hamkorlikda keng ko‘lamdagi aksiya o‘tkazishga hozirlik ko‘rmoqda.

Tashkilot rasmiy saytining ma’lum qilishicha O‘FF o‘zining o‘tkazayotgan yangi islohotlari orqali millionlar o‘yini hisoblangan hisoblangan futbolni O‘zbekistonda yanada rivojlantirishga hamda uni yuqori bosqichga olib chiqishga harakat qilmoqda.

O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi bu borada tashkilot hamda kelasi yildan tashkil etiladigan Superliga va Pro-ligalar uchun yangi logotip yaratishga qaror qildi.

Agarda siz bu tarixning bir bo‘lagi bo‘lishni va futbolimiz rivojiga o‘z hissangizni qo‘shishni istasangiz joriy yilning 1 dekabridan boshlanadigan logotiplar tanlovda ishtirok etib, qimmatbaho sovrinlar yutib olishingiz va futbolimiz tarixiga kirishingiz mumkin.

«Digital Panda» kompaniyasi haqida qisqacha ma’lumot: Ushbu kompaniya 2015 yildan beri yurtimizda raqamli marketing sohasini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. 2017 yildan boshlab «Digital Panda» “Mail.ru Group” kompaniyasining O‘zbekistondagi eksklyuziv vakili sifatida faoliyat yuritmoqda.

Shuningdek, «Digital Panda» “Ucell”, “Beeline”, “UMS”, “Artel”, “Meva”, “Uzdigital TV”, “Dolce & Gabbana”, “TPS”, “Uzmobile”, “Mediapark”, “Multi Mafe”, “Samsung” kabi brendlar bilan hamkorlikda ish olib boradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘FF logotipini o‘zgartiradi, Superliga va Pro-ligalar uchun ham yangi logotiplar yaratiladi