15:32 / 26.11.2017
5 025

Lionel Messi Krishtianu Ronaldu bilan qanday munosabatda ekanligiga oydinlik kiritdi

Lionel Messi Krishtianu Ronaldu bilan qanday munosabatda ekanligiga oydinlik kiritdi
Argentina terma jamoasi hujumchisi Messi o’z raqibi Ronuldu bilan o’rtalarida do’stlik bo’lishi mumkin yoki yo’qligiga ro’y-rost javob berdi.

“Bunday voqea sodir bo’ladimi, yo’qmi bilmayman. Do’stlik bir inson bilan qandaydir muddatdagi vaqtni birga o’tkazish va ular bir-birini o’rganishlari natijasida paydo bo’ladi. Ronaldu bilan hech qanday munosabatda emasmiz, asosan mukofot topshirish marosimlarida uchrashib, gaplashamiz holos. Bunday paytlarda hammasi yaxshi, boshqa vaqt esa hech to’qnash kelmaymiz” deydi Leo “Marca” nashriga bergan intervyusida.

Nashr oxirgi 10 yildan buyon bu ikki futbolchiga tegishli bahslarga birorta futbolchi aralasha olmayotganini ham alohida qayd etgan.

Eslatib o’tamiz, shu kungacha Messi 5 mukofotni qo’lga kiritgan, Ronaldu esa bu yili 4 bor “Oltin to’p” sohibiga aylandi.

O’tgan yili Messi “Oltin butsa” mukofotini to’rtinchi bor qo’lga kiritib, bu borada Ronalduga yetib olgandi, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lionel Messi Krishtianu Ronaldu bilan qanday munosabatda ekanligiga oydinlik kiritdi